O‘tgan mavsumda APL klublari qancha pul olgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Angliya Premer ligasining 2021-2022 yilgi mavsumida chempion bo‘lgan “Manchester Siti” eng ko‘p mukofot puliga ham ega chiqqan. APLdagi g‘oliblik shaharliklarning hisob raqamini 153 million yevroga boyitgan. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Musobaqaning ikkinchi o‘rinini band etgan “Liverpul” esa 151,8 million funt ishlab olgan. Bu orqali “qizillar”ni pul ishlab olish korsatkichi bo‘yicha ham ikkinchi bo‘lgan. Kuchli uchlikka esa Lodonning “Tottenxem” klubi 146 million funt sterling bilan yakun yasadi.

Umuman olganda, Angliyaning har bir klubi 100 million funtdan ko‘proq mukofot puliga ega bo‘ldi. Hattoki, o‘tgan mavsumda 84 ta gol o‘tkazib, bor-yo‘g‘i 5 ta uchrashuvda zafar qozongan “Norvich” ham 100,5 million funtga ega chiqqan. Natijada, Premer liga jadvalida oxirgi o‘rinni egallagan jamoa tarixda birinchi marta 100 million funt sterlingdan ko‘proq pul oldi.

Premer liga klublarining o‘tgan mavsumdagi mukofot pullari bo‘yicha reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. “Manchester Siti” – 153 million funt sterling;

2. “Liverpul” – 151,8 million funt sterling;

3. “Tottenxem” – 146 million funt sterling;

4. “Arsenal” – 145,7 million funt sterling;

5. “Chelsi” – 145,6 million funt sterling;

6. “Manchester Yunayted” – 142,8 million funt sterling;

7. “Vest Xem”– 136,6 million funt sterling;

8. “Lester” – 128,6 million funt sterling;

9. “Nyukasl” – 126,6 million funt sterling;

10. “Brayton” – 125,7 million funt sterling;

11. “Vulverxempton” – 124,5 million funt sterling;

12. “Kristal Pelas” – 120,4 million funt sterling;

13. “Aston Villa” – 119,6 million funt sterling;

14. “Brentford” – 118,3 million funt sterling;

15. “Everton” – 117,2 million funt sterling;

16. “Lids” – 115,1 mln;

17. “Sautgempton” – 110,8 million funt sterling;

18. “Bernli” – 104,7 million funt sterling;

19. “Uotford” – 102,6 million funt sterling;

20. “Norvich” – 100,5 million funt sterling.

Ma’lumot uchun, APLning joriy mavsumida 6 ta turdan so‘ng 15 ochko jamg‘argan “Arsenal” peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikda “Manchester Siti” va “Tottenxem” bor. Ularning ikkisi ham 14 tadan ochko to‘plagan.


Maqola muallifi

Teglar

APL

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing