O‘tgan mavsum kashfiyoti “Bude-Glimt” yana Chempionlar ligasiga chiqdi
Sport
−
26 Avgust 1183 2 daqiqa
Kecha, 25 avgust kuni Norvegiyaning “Bude-Glimt” jamoasi ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra Niderlandiyaning “NEC” klubini 3:1 va 3:0 hisoblarida mag‘lub etdi. Natijada norvegiyaliklar 2026-2027 yilgi mavsum ham Chempionlar ligasining asosiy bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.
O‘tgan mavsumda “Bude-Glimt” o‘z maydonida Pep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” hamda Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klublarini mag‘lub etib, pley-off bosqichiga yo‘l olgan edi.
1/8 finalda esa Norvegiya klubi Italiya chempioni “Inter”ni musobaqadan chiqarib yuborgan.
Shuningdek, Avstriyaning LASK jamoasi ham kecha, 25 avgust kuni Shotlandiyaning “Seltik” jamoasiga qarshi birinchi o‘yinda 0:3 hisobida yutqazgan bo‘lishiga qaramay, javob bahsida qo‘shimcha vaqtda 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.
Shu tariqa, 2026-2027 yilgi Chempionlar ligasi mavsumining asosiy bosqichida ishtirok etadigan 36 jamoadan 32 tasi ma’lum bo‘ldi. Qolgan to‘rtta jamoa bugun, 26 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan saralash pley-off bosqichining javob uchrashuvlaridan so‘ng aniqlanadi.
Asosiy bosqichga qur’a tashlash marosimi joriy yilning 27 avgust kuni Monakoda o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Umarali Rahmonaliyev to‘p tepadigan Ozarbayjonning “Sabah” klubi tarixda birinchi marta Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga yo‘llanma olgan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr