O‘tayev Ortiqxo‘jayev va IIBBning ustidan prokuraturaga xat kiritdi

Jamiyat

image

“Kerak bo‘lsa, OAV orqali uzr so‘rashi kerak!” – Bu O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O‘ktam O‘tayevning Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning xatti-harakatlariga nisbatan javobi edi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Toshkent shahar prokuraturasiga joriy yilning 25 iyundan 26 iyunga o‘tar kechasi ikki xodimi Yunusobod tumani Ichki ishlar bo‘limiga olib kirib ketilgani, aybi isbotlanmay turib, hokimning norasmiy topshirig‘iga binoan IIB kamerasida ushlab turilgani yuzasidan murojaat yo‘lladi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O‘ktam O‘tayev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

“Haqiqatan ham QALAMPIR.UZ’da yoritilgan voqea ro‘y bergan. Xodimlarimiz voqea joyida bo‘lishgan va ularni aytganingizdek, ichki ishlar idoralariga olib ketishgan. Men xodimlarimiz bilan gaplashib, kechaning o‘zida Toshkent shahar prokurori Sherzod Obloqulovga qonuniy chora ko‘rishini so‘rab, xat kiritdim”, deydi qo‘mita raisi o‘rinbosari O‘tayev. 

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval QALAMPIR.UZ`da muallif Sunnatilla Abdullayevning “Ortiqxo‘jayev va uning hokimiyati qonunni mensimaydi...mi?” nomli jurnalistik surishtiruvi e’lon qilingan edi. 

Unda joriy yil 25 iyundan 26 iyunga o‘tar kechasi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan o‘tar ekan, “Turkiston” san’at saroyi old qismida daraxtlar kesilayotganiga guvoh bo‘lgani, o‘sha zahoti hududga jurnalistlar, kamera, Ichki ishlar va prokuratura xodimlarini chaqirtirgani, voqeaga aloqadorlar hibslangani, Yunusobod tumani Ichki ishlar idorasiga olib ketilgani va aybi isbotlanmay turib, sud qarorisiz IIBda saqlab turilgani, bu noqonuniy xatti-harakat ustidan hech bir tashkilot e’tiroz bilan chiqish qilmagani haqida yozilgan edi. Yunusobod tumani Ichki ishlar bo‘limiga olib kirib ketilganlar orasida Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari S.M. va B.K. ham bo‘lgan. U shu kuni uyidan chaqirtirilib, 26 iyun kuni soat 18:00 ga qadar hibsda saqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'ktam O'taev Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi

Baholaganlar

295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing