Ekologiya qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi
Jamiyat
−
17 noyabr 2020
6552O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi. Bu haqda qo‘mitaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi xabar berildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kecha, 16 noyabr kuni imzolagan tegishli farmoni bilan Alisher Maqsudov O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlangan.
Alisher Maqsudov shu kunga qadar “O‘zpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Alisher Maqsudov 1974 yilda tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent To‘qimachilik va engil sanoat institutini va 2003 yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini tamomlagan.
• 2014-2015 yillarda tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o‘rinbosari;
• 2015-2017 yillarda "O‘zpaxtasanoateksport" xolding raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Qo‘mitaning sobiq raisi Shavkatjon Abdurazzoqov ushbu lavozimda olti oydan kam ishlagach, joriy yilning sentyabr oyida Namangan viloyati hokimi lavozimiga tayinlan edi.
LiveBarchasi