Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yangi rais tayinlanadi
Jamiyat
−
05 mart 2020
8223Bugun, 5 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqdilar.
Majlisda deputatlar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Shavkat Abdurazoqovning nomzodini ma’qulladilar.
Shavkatjon Abdurazzoqov bugungacha Vazirlar mahkamasining qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti mudiri (2017), Namangan tuman hokimi (2015-2017) sifatida ishlagan.
2018 yilning may oyidan buyon Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Bahrom Qo‘chqorov boshqarib kelayotgan.
LiveBarchasi