Usmonovga aloqador kompaniya qo‘ng‘iroqlarni tinglash ortidan mo‘maygina daromad oldi

Olam

image

Alisher Usmonov tuzilmasiga aloqador “Sitadel” xoldingi mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlarga foydalanuvchilarining ma’mulotlarini saqlash va Federal xavfsizlik xizmati hamda boshqa kuch tuzilmalariga berishni majburiy qilish to‘g‘risidagi qonunning yirik benefitsiariga aylandi.

RBKning ma’lum qilishicha, “Sitadel” tarkibiga kiruvchi “MFI-Soft” kompaniyasi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi (TQTT) qurilmalarini ishlab chiqarish bozorining 80 foizini qo‘lga kiritdi. Bu tizim kuch tuzilmalari va ma’lumotlar bazasi o‘rtasida aloqani ta’minlaydi. 2018 yilda “Yarova qonuni” kuchga kirgach, “MFI-Soft” daromadi 10,3 mlrd rublgacha oshgan. Sof foyda to‘rt baravar ortib, 2,07 mlrd rublga yetgan.

Qonunga muvofiq TQTTni o‘rnatish huquqi “Roskomnadzor”dan litsenziya olgan, aloqa sohasida xizmat ko‘rsatuvchi barcha kompaniyalarga berilishi kerak. Yirik mobil aloqa operatorlarining hisob-kitobiga ko‘ra, ularning har biri buning uchun bir necha mlrd rubl sarflashi kerak.

Qayd etilishicha, “Sitadel” xoldingi TQTT ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni qonun qabul qilinishidan avvalroq 2016-2018 yillarda sotib ola boshlagan.

Ma’lumot uchun, “Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksiga va Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksiga terrorizmga qarshi kurash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash to‘g‘risida o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi va “Terrorizmga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar va jamoat xavfsizligi to‘g‘risida Rossiya Federatsiyasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlari xalq orasida “Yarova qonuni” (mualliflardan biri Irina Yarovaning nomiga atab qo‘yilgan) deb, ataladi. Qonunlar terrorchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirishi maqsadida qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov qonun

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing