Usmonov Putinning maxsus topshiriqlarini bajarganmi?

Olam

image
Alisher Usmonov boyligini kimga qoldirishini aytdi north_east

Alisher Usmonov boyligini kimga qoldirishini aytdi

Milliarder Alisher Usmonov “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladmir Putin bilan munosabatlariga to‘xtalib o‘tdi.

Usmonov Vladimir Putinga yaqinligi haqidagi savolga, u bilan gaplashib turishini, ammo undan hech qanday shaxsiy topshiriq olmaganini aytdi.

“Unga hech nima kerakmas. Unga oligarxlar ham kerakmas, faqatgina mustahkam davlat. Men fuqarosi bo‘lgan davlat yetakchisini tan olaman. Uni hurmat qilaman. O‘ylashimcha, u bugungi kunda dunyodagi birinchi raqamli yetakchi... Ammo meni maxsus topshiriqlar bilan hech qanday aloqam yo‘q”, deydi milliarder.

Usmonov maxsus topshiriq deganda AQSH hukumatining ba’zi rossiyalik biznesmenlar Kreml nomidan harakat qilishi haqidagi bayonotini nazarda tutgan. 2018 yil yanvar oyida AQSH Moliya vazirligi mamlakat Kongressiga Kreml hisobotini kiritgandi. Unda yuqori martabali amaldorlar va davlat rahbariyati bilan yaqin aloqada bo‘lgan tadbirkorlar ro‘yxati keltirilgan. Ro‘yxatda Alisher Usmonov ham bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov Vladimir Putin

Baholaganlar

461

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing