Alisher Usmonov boyligini kimga qoldirishini aytdi

Olam

image

Milliarder Alisher Usmonov “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida kim uning merosxo‘ri bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Suhbat chog‘ida jurnalist Alisher Usmonov “o‘rinbosarlik” masalasin qanday hal qilmoqchi ekaniga qiziqish bildirgan. Bunga javoban milliarder hech kim mangu yashamasligini, unga shu darajaga yetishida ko‘pchilik yordam berganini aytib o‘tgan.

“Umr abadiy emas. Shuning uchun, men aksiyalarimni o‘z oilam va top-menejerlarimga qoldirib, ularga yordam bermoqchiman”, degan Usmonov.

U boyligining birinchi yarmini yaqinlariga, ikkinchisini xodimalariga berishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan. Usmonovning so‘zlariga ko‘ra, yuqori pozitsiyadagi barcha bu jarayonda ishtirok etadi.

“Mening tabiatim shunday. Agar sizda taqdir taqozosi bilan qo‘lga kiritgan biror narsangiz bo‘lsa, uni bo‘lishishingiz kerak”, deb so‘zini yakunlagan Alisher Usmonov.

Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov USM Holdings asoschisi va asosiy aksioneri hisoblanadi. U eng boy rossiyaliklar ro‘yxatiga kiritilgan. Usmonovning boyligi 12,6 mlrd dollarga teng.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov

Baholaganlar

3238

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing