Usmonov Karimov va Mirziyoyev davrini solishtirdi
Tahlil
−
02 iyul 2022
98151G‘arb davlatlari tomonidan kiritilgan sanksiyalar Alisher Usmonovning nafaqat Rossiyadagi biznesiga, balki so‘nggi bir necha yil ichida ko‘p vaqtini o‘tkazayotgan O‘zbekistondagi faoliyatiga ham ta’sir qildi. Bu haqda tadbirkorning o‘zi “Forbes” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Millarder bilan suhbatlashgan jurnalistga ko‘ra, Usmonov O‘zbekiston pul qo‘ygan eng katta A-list o‘yinchisidir. Bir necha yil avval rahbariyat almashinuvi taraqqiyotni sekinlashtirgan qo‘shni Qozog‘iston singari, O‘zbekiston ham yangi rahbariyati bilan oldinga katta qadam tashlashga harakat qilmoqda. Bu juda qadimiy dunyo.
“O‘zbekiston Islom Karimov rejimi davrida boy berilgan bir necha o‘n yilliklardan so‘ng, ta’sirchan islohotlar yo‘lini boshdan kechirmoqda. O‘sha paytlarda [Karimov davrida] men bu yerda na ishlay olardim va na yashay olardim. Ammo bugun men o‘z maqsadimni O‘zbekistonga o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishda yordam berishda ko‘raman. Bu iqtidorli va mehnatkash insonlarga boy mamlakat”, deya ta’kidladi Usmonov.
Shuningdek, u Mirziyoyev O‘zbekistonni dunyoga olib chiqish uchun “bor kuchini” sarflayotganini qo‘shimcha qildi.
Tadbirkorning ta’kidlashicha, u siyosat bilan shug‘ullanmagan va hech qachon Rossiya davlatidan hech narsa olmagan — 1990 yillarda davlat mulkini xususiylashtirish paytida ham, undan keyin ham.
“O‘ylaymanki, hozir investorlar uchun O‘zbekiston bozoriga kirish uchun qulay vaqt. Men hammani bu yerga sarmoya kiritishga undaganman. Men aksiyador bo‘lgan kompaniyalar bu yerda metallurgiya, sement ishlab chiqarish va telekommunikatsiya sohalariga sarmoya kiritmoqda”, deya ta’kidladi Usmonov.
U, shuningdek, mamlakatga sarmoya kiritishni ko‘paytirish niyatida ekanligini va O‘zbekistonda ishlab topgan barcha pullari O‘zbekistonda qoldirishini ma’lum qildi.
“Forbes”ning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb IT-outsourcing kompaniyalari siyosiy xavf tufayli Rossiyadan chiqib ketishga intilayotgan bir paytda O‘zbekiston rossiyalik texnik xodimlarga qiziqish bildirmoqda. Ularning ayrimlari Toshkentga ketyapti.
LiveBarchasi