Usmonov dividendlardan qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
10 iyul 2023
13159Milliarder Alisher Usmonov 2022 yilda dividendlardan eng ko‘p foyda olgan Rossiyaning boy odamlaridan biriga aylandi. Bu haqda “Forbes” nashri xabar berdi.
Keltirilishicha, Usmonov “Metalloinvest” kon-metallurgiya holdingidan olgan 64,7 mlrd so‘m (708,7 mln dollar) dividend daromadi bilan reytingda yettinchi o‘rinni egallagan.
Ro‘yxatdagi barcha ishtirokchilarning umumiy daromadi 1,39 trln so‘mni ($15,2 mlrd) tashkil etgan. Birinchi o‘rinni 2022 yil uchun 156 milliard rubl (1,7 milliard dollar) dividend daromadi bilan “Lukoyl”ning sobiq prezidenti Vagit Alekperov egalagan.
“Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra, Usmonov Rossiyaning eng boy 20 ishbilarmonlari ro‘yxatida sakkizinchi o‘rinni egallaydi, uning boyligi hozirda 14,4 milliard dollarni tashkil etadi. U “Metalloinvest”, “Udokan mis” va “Megafon”ni o‘z ichiga olgan USM guruhining asoschisi va eng yirik aksiyadori hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida “Bloomberg” nashri Alisher Usmonovning boyligi 2023 yilning boshidan beri 1,06 milliard dollarga ko‘payganini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi