Usmonxon Alimov Toshkentdagi masjidning yangi binosiga birinchi g‘ishtni qo‘ydi

Jamiyat

image

Kecha, 29 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Toshkent shahri Olmazor tumani “Siroj Solih” jome masjidining yangidan barpo etilayotgan binosining birinchi g‘ishtini qo‘yib berdi. 

Toshkent shahrining Qora-qamish mavzesidagi “Siroj Solih” jome masjidi 1990 yillarda Собиқ sho‘rolar davridagi qatag‘on siyosati oqibatida o‘z yurtidan chiqib ketishga majbur bo‘lgan Sirojiddin Solih ismli kishining vasiyatiga ko‘ra, uning mablag‘lari hisobidan qurilgan.

Qariyb 30 yil mobaynida masjid ta’mirtalab holga kelib qolgan. Qolaversa, oxirgi paytlarda masjid jamoati sezilarli darajada ortib, xonaqoh torlik qilayotgandi.  Mahalla ahli ezgu niyat bilan masjidni qayta qurish taklifini ilgari surishdi. Ushbu xayrli tashabbus mutasaddi tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangach shu yilning yanvar oyida masjidda qayta qurish ishlari boshlab yuborildi.

2000 metr kvadrat maydonida quriladigan masjid loyihasi o‘ziga xosligi, milliy hamda zamonaviy masjidlarning uslublarini o‘zida aks ettirganligi bilan ajralib turadi.  Xonaqoh va pastki qism jami 3500 namozxonni sig‘dirishga mo‘ljallangan. Shuningdek, ayollar uchun alohida tahoratxona va namozxona o‘rin olishi rejalashtirilgan.
 
Tadbirda ulamolar, mahalla faollari, mo‘ysafid otaxonlar va keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Usmonxon Alimov masjid

Baholaganlar

23

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing