Usmon oktagonga qaytmoqda. Uning navbatdagi raqibi Bakli bo‘ladi

Sport

image

Yarim o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni nigeriyalik Kamaru Usmon o‘zining navbatdagi jangini amerikalik Xoakin Bakliga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Usmon va Bakli o‘rtasidagi to‘qnashuv joriy yilning 14 iyunida AQSHning Atlanta shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC Atlanta turniri doirasida o‘tkaziladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Kamaru Usmon oxirgi jangini 2023 yilda Hamzat Chimayevga qarshi o‘tkazgan va ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan. Bakli esa 2024 yilning dekabrida Kolbi Kovingtonga qarshi oktagonga ko‘tarilib, nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi. 

Qayd etish kerak, Bakli 2024 yilda o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevni ochkolar hisobiga ko‘ra, mag‘lub etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Kamaru Usmon Xoakin Bakli UFC Atlanta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing