O‘simlik yog‘i va sut mahsulotlari narxi eng yuqori darajaga yetdi
Olam
−
05 mart 2022
16062Dunyo bo‘ylab o‘simlik yog‘lari va sut mahsulotlari narxi o‘zining tarixiy eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lum qilmoqda.
Umuman olganda, tashkilot indeksiga ko‘ra, oziq-ovqat narxlari fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 3,9 foizga oshib, 140,7 punktni tashkil etgan. Eng ommabop oziq-ovqat mahsulotlarining jahon narxlari o‘zgarishini kuzatish imkonini beruvchi ushbu indeks qiymati 2021 yil fevraliga nisbatan 24,1 foizga yuqori bo‘lgan.
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil fevral oyida boshoqli mahsulotlar narxi yanvar oyiga nisbatan 2 foizga oshgan. O‘sish sababi mintaqadagi bug‘doy va makkajo‘xorining eng yirik eksportchisi bo‘lgan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushdir.
Hisobot davrida shakar Hindiston va Tailandda ishlab chiqarishning o‘sishi hisobiga 1,9 foizga arzonlashgan. Go‘sht 1,1 foizga qimmatlagan..
LiveBarchasi