Usikning promouteri bokschiga yangi raqib topdi
Sport
−
01 dekabr 2023
4200Boks bo‘yicha ukrainalik jahon chempioni Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk mijozi sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder bilan jang qilishini xohlamoqda. Bu haqda Krasyuk “Boxing Scene” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Promouter jang yaqin orada bo‘lib o‘tmasligini, lekin umuman olganda, omma uchun juda qiziq bo‘lishini tan oldi.
“Uaylder superog‘ir vazndagi eng kuchli uch bokschidan biri. Boks muxlisi sifatida men ushbu jangni tashkil etishni va tomosha qilishni istardim. Bu ajoyib jang bo‘ladi. Hammasi Usikning Tayson Fyuriga qarshi jangining qanday o‘tishiga bog‘liq, 23 dekabr kuni Uaylder va Joshua o‘rtasidagi bo‘lib o‘tadigan janglarni ham unutmaylik. Uaylderning navbatdagi raqibi Parker texnik bokschi bo‘lib, kuchli zarba egasiga ham jiddiy qarshilik ko‘rsatishi mumkin. Bu esa Uaylderning zaif tomoni ekanini ko‘p ko‘rganmiz. Uaylder bokschi emas, pancher”, deydi promouter.
Ma’lumot uchun, Usik navbatdagi jangini 2024 yilning fevral oyida britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi o‘tkazadi. To‘qnashuvda og‘ir vazndagi barcha chempionlik kamarlarining egasi aniq bo‘ladi.
LiveBarchasi