Usik Joshuani kutmoqda. Keyingi raqib “Lo‘lilar qiroli” bo‘ladi
Sport
−
02 noyabr 2021
4336Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi Aleksandr Usik (19-0) WBC chempioni Tayson Fyuriga (32-0) qarshi o‘tadigan mutlaq chempionlik jangi haqida gapirdi.
Ukrainalik bokschining so‘zlariga ko‘ra, u bor e’tiborini Entoni Joshuaga bilan revansh jangiga qaratgan va shundan so‘ng, “Lo‘lilar qiroli” bilan hisob-kitob qilmoqchi.
“Maqsadimga sodiqman. Qachonki qasos olish vaqti kelganida, jamoam bilan strategiya tuzamiz va mashg‘ulotlar dasturini tayyorlaymiz. Yuz foiz tayyor bo‘lgan kunim ringga ko‘tarilaman. Hozir faqatgina Entoni Joshua bilan revansh jangini kutyapman. Ammo Fyuri men jang qilishni xohlaydigan yana bir britaniyalik jangchi. Men jang natijasi haqida taxmin qilishni yoqtirmayman. Bir narsani aniq aytishim mumkinki, WBC kamari uchun Taysonga qarshi ringga chiqaman. Bu yana bir ajoyib jang sifatida tarixda qoladi”, deydi Usik.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 sentyabr kuni Aleksandr Usik britaniyalik Entoni Joshuani mag‘lub etdi va super og‘ir vazn toifasida WVA (Super), IBF, WBO va IBO chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritdi. Jang 12 raund davom etdi va yakunda hakamlar 116:112, 117:112, 115:113 hisobida ukrainalik bokschining g‘alabasini qayd etishgan.
LiveBarchasi