Usik Joshua bilan janglardan qanchaga boyigani ochiqlandi

Sport

image

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF chempionlik kamarlari sohibi ukrainalik Alekandr Usik britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi ikkita jangda 65 million dollar ishlab topgan. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ikki yil avval ukrainalik bokschining boyligi taxminan 4 million dollarga baholangan. Entoni Joshua ustidan qozonilgan birinchi g‘alaba Usikga 13 million dollar keltirgan. Joshua bilan o‘tkazilgan ikkinchi jang tufayli Aleksandrning  boyligi 52 millionga dollarga ko‘paydi.

Qayd etish kerakki, Usik yuqoridagi pullarni ringdagi chiqishlari uchun qo‘lga kiritgan. Ya’ni reklama shartnomalari va tele huquqlardan tushadigan foizlar Usikning boyligini yanada oshirishi mumkin.

Joshua va Usik o‘rtasidagi dastlabki jang 2021 yilning 25 sentyabrida “Tottenxem Xotspur” stadionida bo‘lib o‘tgan. Ushbu jangda faoliyat olib borgan uchta hakamning barchasi Aleksandr Usikning ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozonganini ko‘rsatgan. Ular o‘rtasidagi ikkinchi jang esa shu yilning 20 avgust sanasida tashkil etildi. Bu safargi to‘qnashuvda Usik hakamlarning bo‘lingan qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi. Ya’ni, bir hakam Joshua foydasiga qaror chiqargan bo‘lsa, ikki nafari Usikning g‘alabasini qayd etgan.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Usik boksdagi professional faoliyati davomida 20 ta jang o‘tkazib, barchasida  g‘alaba qozongan. Aleksandr 13 ta jangda raqiblarini muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Entoni Joshua Alekandr Usik

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing