Usik va Fyuri o‘rtasidagi revansh jangining sanasi e’lon qilindi

Sport

image

Og‘ir vazn toifasidagi bokschilar Aleksandr Usik (22-0, 14 KO) va Tayson Fyuri (34-1-1, 24 KO) o‘rtasidagi revansh jangi 21 dekabr kuniga rejalashtirilgan. Bu haqda Saudiya Arabistonidagi Ko‘ngilochar ishlar bosh boshqarmasi raisi Turki al-Shayx ma’lum qildi.

Jangchilarning birinchi to‘qnashuvi 19 may kuni bo‘lib o‘tdi va Usikning g‘alabasi bilan yakunlandi (114-113, 113-114, 115-112).

Ma’lumot uchun, Aleksandr Usik 37 yoshda. Ukrainalik sportchi 2012 yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, 2013 yilda professional boksda debyut qilgan va faoliyatining dastlabki besh yilini birinchi og‘ir vazn toifasida (90,7 kg gacha) o‘tkazgan va mutlaq jahon chempioni bo‘lgan. 

Tayson Fyuri esa 35 yoshda. Britaniyalik charm qo‘lqop ustasi 2008 yilda professional boksda debyut qilgan va 2015 yilning noyabrida ukrainalik mashhur bokschi Vladimir Klichkoni shov-shuvli tarzda jahon chempionligidan mahrum qilgan va shu bilan Tayson 2,5 yillik tanaffusga chiqdi. U 2018 yilning iyun oyida ringga qaytdi va 2020 yilning fevralida amerikalik Deontey Uaylderni mag‘lub etib, ikki karra jahon chempioni bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Tayson F'yuri Aleksandr Usik Turki al-Shayx

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing