Usik faoliyatini qachon yakunlaydi?

Sport

image

Boks bo‘yicha og‘ir vaznda jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usikning promouteri Aleksandr Krasyuk bokschi faoliyatini qachon tugatishi haqida gapirdi. Bu haqda Krasyuk “Boxing Scene”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Krasyukka ko‘ra, Aleksandr jiddiy jarohat olmasa, yana kamida uch yil yuqori saviyada jang qila oladi. 

“Usik 36 yoshda va u hali ham keyingi uch yil ichida o‘zining eng yaxshi natijalarini ko‘rsatishi mumkin. Bizni tashvishlantirayotgan narsa uning sog‘lig‘i. Agar uning tanasi jang qilishga tayyor bo‘lsa, u nafaqaga chiqish haqida o‘ylamaydi. Aleksandr Usik 2013 yilda birinchi professional jangini o‘tkazgan. Biz 10 yildan beri juda yaqinmiz va aytishim mumkinki, u doimo o‘zini yosh yigitdek tutadi. U hech qachon faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamagan va aslida jangchi uchun boksni tark etish juda og‘ir holatligini bilmaydi”, deydi Krasyuk.

Ma’lumot uchun, Usik navbatdagi jangini keyingi yil 17 fevral kunida Saudiya Arabistonida o‘tkazadi. O‘sha kuni unga britaniyalik Tayson Fyuri raqiblik qiladi. Jang g‘olibi mutlaq jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritadi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Aleksandr Usik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made