USAID rahbari Samanta Pauer O‘zbekistonga kelyapti

Jamiyat

image

Ertaga, 23 oktyabr kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rahbari Samanta Pauer O‘zbekistonga keladi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23-24 oktyabr kunlari AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Samanta Pauer O‘zbekistonda bo‘ladi. U mintaqaviy aloqalar bo‘yicha C5+1 formatidagi birinchi vazirlar konferensiyasini o‘tkazishi hamda AQSH hukumatining mintaqa davlatlarining mustaqilligi, suvereniteti va farovonligiga sodiqligini tasdiqlashi rejalashtirilgan.

“Taraqqiyot masalalari bo‘yicha vazirlar uchrashuvi mintaqaviy o‘zaro aloqalar, savdo, iqtisodiy o‘sish va tadbirkorlik, iqlimiy va energetik yechimlar, shuningdek, yoshlar uchun imkoniyatlarga urg‘u qaratgan holda Markaziy Osiyoda inklyuziv, barqaror iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish uchun barcha beshta davlat vazirlarini to‘plab, ushbu platformani mustahkamlaydi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2015 yildan buyon C5+1 muloqoti AQSH hukumatining O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston bilan o‘zaro hamkorlik qilish uchun asosiy diplomatik platformasi bo‘lib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston C5+1 USAID Samanta Pauer taraqqiyot agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing