“US Open” tarixidagi eng uzun bahs bo‘lib o‘tdi
Sport
−
12:53 461 1 daqiqa
Bugun, 9 sentyabr kuni ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras Nyu-Yorkda o‘tkazilayotgan “US Open” turniri chorak finalida amerikalik Ben Sheltonga mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Uchrashuv 6:7 (5:7), 6:1, 6:3, 1:6, 7:6 (10:7) hisobida Shelton foydasiga yakunlandi. 4 soat 28 daqiqa davom etgan bahs Nyu-York vaqti bilan soat 03:33 da tugab, “US Open” tarixidagi eng kech yakunlangan uchrashuvga aylandi.
Amaldagi “US Open” chempioni Alkaras o‘ng bilagidagi jarohat sababli qariyb to‘rt yarim oylik tanaffusdan so‘ng ushbu musobaqada kortga qaytgan edi.
Endi dunyo reytingida 9-o‘rinni egallab turgan Shelton yarim finalda yana bir amerikalik tennischi – Frensis Tiafoga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, “US Open” mavsumdagi so‘nggi “Katta dubulg‘a” turniri hisoblanadi. Musobaqa 13 sentyabr kuni o‘z yakuniga yetadi. Nyu-Yorkdagi qattiq qoplamali kortlarda o‘tkazilayotgan joriy turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi rekord darajadagi 108 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Live
Barchasi