“Urushga tayyor bo‘ling”. Pentagon amerikalik generallarga murojaat qildi
Olam
−
30 Sentabr 2025 15753 2 daqiqa
AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Den Keyn mamlakatning oliy harbiy qo‘mondonligiga keskin ogohlantirish berib, Amerika urushga tayyor turishi kerakligini aytdi. Bu haqda u bugun, 30 sentyabr kuni barcha amerikalik generallar va admiralar yig‘ilishida so‘z ochdi.
“Biz dinamik va ehtimoliy xavfli davrida yashayapmiz. Global xavf ortib bormoqda. Bizning raqiblarimiz endi shunchaki yaqinlashmayapti, ular birlashib bo‘ldi. Biz ham xuddi shunday qat’iyat va birlik bilan birlashishimiz kerak. Biz urushga tayyor turishimiz lozim”, deydi Keyn o‘zining kirish nutqida.
Bu bayonot Virjiniya shtatidagi Kuaniko shaharchasida o‘tkazilgan noodatiy yig‘ilishda yangradi. Sababsiz va zudlik bilan butun dunyo bo‘ylab harbiy bazalardan yuzlab yuqori martabali amerikalik ofitserlar u yerga chaqirtirilgan.
AQSH Mudofaa vaziri Pit Xegset ham o‘z nutqida armiyaning qanday tayyorlanishi haqida tushuntirish berdi. U “jangchilar bilan urush” davri tugaganini e’lon qilgan va qurolli kuchlardan “zaharli mafkuraviy chiqindilarni” tozalash boshlanishini aytgan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa idorasi juda uzoq vaqt davomida “xavfdan qochadigan konformistlarni” ilgari surib kelgan va “irq, gender kvotalari yoki tarixiy birinchi bo‘lish” asosidagi tayinlashlarni to‘xtatmoqda. Ushbu kurs armiyaga “jangchi ruhini” qaytarishi lozimligi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pit Xegset yuzlab amerikalik generallar va admirallarni zudlik bilan AQSHga chaqirtirgani haqida xabar berilgan edi. Bazaga barchasi – brigada generali va kontr-admiraldan yuqori unvonga ega bo‘lgan komandirlar, shuningdek ularning katta maslahatchilari ham chaqirtirilgan.
Live
Barchasi