Urushga qaramay Rossiyada o‘zbekistonliklar ko‘paymoqda 

Olam

image

Rossiyada so‘nggi oylarda sodir bo‘lgan migrantlar bilan bog‘liq muammolar va urushga safarbarlikka qaramay, mamlakatdagi o‘zbekistonliklar soni ortib bormoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida 28 ming 207 nafar O‘zbekiston fuqarosi xorijiy davlatlarda ishga joylashtirilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 7,5 foizga ko‘p. E’tiborlisi shundaki, ularning qariyb 72,5 foizi (20 ming 450 nafar) Rossiyaga jo‘nab ketgan.

O‘zbekistonliklarni eng ko‘p ishga jalb qilgan mamlakatlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni Janubiy Koreya (3 ming 184 nafar), uchinchi o‘rinni esa Buyuk Britaniya (1 ming 809 ta) band etdi. 

O‘tgan 8 oy ichida agentlik tomonidan xorijga ketgan migrantlarga turli yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, hozirda Rossiyada bo‘lgan 1 ming 37 nafar odam ishga joylashtirildi. Mehnat migrantlarining 8 ming 6 nafariga ijtimoiy, 1 ming 993 tasiga esa moddiy yordam ko‘rsatilgan. 

Bundan tashqari, mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay turgan 676 ming AQSH dollaridan ziyod miqdordagi ish haqi va kompensatsiyalar undirib berilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya hukumati armiya safini Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojirlari bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda. Ular ko‘pincha zo‘ravonlikka asoslangan reydlar orqali to‘planadi. Harbiy komissiyalarga olib borilgan muhojirlar tahdid va kaltaklardan so‘ng Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga majbur bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonliklar Urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing