Urushga chaqiruv qog‘ozi kelgan rossiyalik sobiq amaldor AQSHdan siyosiy boshpana so‘radi
Olam
−
16 avgust 2023
12417Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Komi respublikasining sobiq qishloq xo‘jaligi va iste’mol bozori vaziri Denis Sharonov 2022 yil oktyabr oyida chaqiruv qog‘ozini olgach, AQSHga jo‘nab ketgan va u yerda siyosiy boshpana so‘ragan. Bu haqda RTVI sayti xabar berdi.
“U Rossiyada vazir bo‘lgan, AQSHda yuk mashinasi haydovchisi bo‘lgan” sarlavhali videoda sobiq vazirning ismi aytilmagan, biroq jurnalistlar yuzni tanish xizmatlaridan foydalangan holda videodagi shaxsni aniqlagan.
Sobiq amaldor keyinroq RTVI'ga videodagi chindan ham o‘zi ekanligini tasdiqlagan.
Denis Sharonov Rossiyada ikki marta jinoiy javobgarlikka tortilganini, biroq har ikki safar ham sud tomonidan oqlangan va reabilitatsiya qilinganini aytadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u 2022 yilning yanvarida viloyat rahbari Vladimir Uiba bilan uzoq davom etgan mojaro tufayli Komi Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimidan ozod etilgan.
“Prinsipial jihatdan mening yoshim chaqiruvga unchalik mos emas. Bu men ishlagan respublikadan kelgan signal ekanligini angladim. Bu shunchaki istalmagan odamlardan qutulishning bir usuli. Oldingi ikkita quvg‘in paytida menga omad kulib boqdi, lekin bu safar men qarshilik qila olmasligimni bilardim. Mamlakatni tark etishdan boshqa choram qolmadi”, deydi u.
Sharonov AQSHga jo‘nab ketgan. Hozir u yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlaydi va kelajakda qishloq xo‘jaligi sohasidan biror ish topmoqchi.
LiveBarchasi