Urushdan qochgan o‘zbekistonliklar YTHga uchradi. Qurbon bor

3-sahifa

image

Turkiyaning Sivas viloyati Zara tumanida O‘zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan mikroavtobusning yo‘l-transport hodisasiga uchradi, oqibatda avtomobil salonida bo‘lgan 9 o‘zbekistonlikdan 8 nafari jarohat oldi, bir kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Cumhuriyet” gazetasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 30 martiga o‘tar kechasi soat 00:30 atrofida Sivas-Erzinjon trassasining Zara tumani yaqinida sodir bo‘lgan. O‘zbekistonliklarni olib ketayotgan 44 yashar F.A. boshqaruvidagi 01 KY 206 davlat raqam belgili mikroavtobus qor yog‘ishi oqibatida sirpanchiq yo‘lda boshqaruvdan chiqib ketgan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina-Rossiya urushi tufayli qayta joylashtirish migratsiyasi doirasida Ukrainadan Turkiyaga olib kelingan va Erzinjonning Uzumli tumaniga joylashtirilgan O‘zbekistondan 9 kishilik guruh pasport olish uchun Ukrainaning Anqara elchixonasiga borgan. Ular pasportlarni olib, Uzumliga qaytayotganda halokatga uchragan.

Ukrainadan Turkiyaga kelib, Uzumli shaharchasida qo‘nim topgan O‘zbekiston fuqarosi, 37 yoshli Jamila Islom yo‘l-transport hodisasida hayotdan ko‘z yumdi. Mikroavtobusda haydovchi bilan birga bo‘lgan o‘zbekistonlik 8 kishi jabrlandi. 

Shifoxonaga yetkazilgan 8 kishidan 4 nafarining hayoti xavf ostida ekani ma’lum bo‘ldi. Voqea oqibatida hayotini yo‘qotgan Jamila Islomning jasadi Erzinjonning Uzumli tumaniga keltirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Istanbulda istiqomat qilib kelayotgan 40 yashar umida To‘laganova mudhish jinoyat qurboni bo‘lgan edi. U turmush o‘rtog‘i –  turk millatiga mansub 61 yoshli Riza Beler tomonidan tosh bilan o‘ldirilgan. Qotil ayolning jasadini bo‘laklarga bo‘lib, uni muzlatgichda saqlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing