Urushda Rossiya g‘alaba qilsa, Yaponiyaning munosabati qanday bo‘ladi?

Olam

image

Yaponiyalik sobiq diplomat Ukeru Magosaki Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yaponiya uchun yomon oqibatlarga olib kelishini aytdi. Bu haqda “Nikkan Gendai” gazetasida chop etilgan maqolada aytildi.

Magosakining so‘zlariga ko‘ra, agar Moskva g‘alaba qilsa, Yaponiya o‘z qarorlari va Rossiyaga qarshi siyosatidan pushaymon bo‘ladi. Sobiq diplomatning aytishicha, Ukrainadagi urush Rossiya hamda AQSH va NATOning boshqa davlatlari o‘rtasida bo‘lmoqda. 

Uning ta’kidlashicha, yaponiyaliklar Amerika qurollarining afzalliklariga ishonadi va shu sababdan mamlakat jamoatchiligi sobiq bosh vazir Yoshiro Morining “Moskvaning mag‘lubiyatini tasavvur qilib bo‘lmaydi”, degan bayonotiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lgan.

Shuningdek, diplomat dunyodagi vaziyat o‘zgarayotgani, sobiq Bosh vazir Mori aytgan fikr ham oydinlashayotganini aytgan. Xususan, Amerika jamoatchiligining Kiyevni qo‘llab-quvvatlashi kamayib borayotgani, yevropaliklarni ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun shunchalik harakat qilish shartmi qabilidagi savollar qiynayotganini ko‘rish mumkin.

“Ukraina mojarosidan keyin Moskvaning dushmaniga aylanish juda xavfli. Bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar haligacha tushunilmagan Yaponiyada javobgarlikni Rossiyaga yuklashmoqda va Moskvaga qarshi sanksiyalar qo‘llashni talab qilishmoqda. Ammo 5-10 yildan so‘ng yaponlar hozirgi qarorlaridan pushaymon bo‘lishadi”, degan Ukeru Magosaki.

Bundan tashqari, AQSH harbiy faxriysi Noktis Draven G‘arb davlatlari Ukrainadagi mojaro tugaganidan keyin ham to‘xtamoqchi emasligi haqida ogohlantirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb bila turib Kiyevga katta miqdorda sarmoya kiritgan, yordam bergan va ta’minlagan. U Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroning oxiri bo‘lmasligiga ishonishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Yaponiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing