Urushda qancha amerikalik askar yaralangani aytildi

Olam

image

AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushi davomida 399 nafar AQSH harbiy xizmatchisi jarohat oldi. Bu haqda AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) vakili ma’lum qildi.

Yaradorlardan uch nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda, 354 nafar askar esa allaqachon xizmatga qaytgan. Bir hafta oldin yaradorlar soni 370 nafardan ortiq ekani xabar qilingan. O‘sha vaqtga kelib 330 kishi xizmatga qaytgan, besh nafari esa og‘ir yaradorlar ro‘yxatida edi.

Jabrlanganlarning aksariyati quruqlikdagi qo‘shinlar jangchilaridir. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 13 kishini tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 8 aprel kuni AQSH va Eron o‘rtasida ikki haftalik sulh e’lon qilingan edi. Keyinroq, 15 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp sulhni uzaytirish haqida o‘ylamayayotganini va bunga zarurat ko‘rmayotganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

urush CENTCOM

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing