Urush yuziga aylangan ayolning rasmi 100 ming dollarga sotildi

Olam

image

Amerikalik rassom Jenya Gershmanning Ukrainadagi urush ramzlaridan biriga aylangan ayol surati aks etgan asari kimoshdi savdosida 100 ming dollarga sotildi. Rassom ijodiga mansub asarning asli fotosurat bo‘lib, u “Anadolu”  axborot agentligining Ukrainadagi fotomuxbiri Volfgang Shvan tomonidan tushirilgan. 

AQSHning yirik auksion tashkiloti Heritage Auctions ma’lumotlariga ko‘ra, rassom Gershman “Anadolu” axborot agentligi fotomuxbiri Shvanning tomonidan 24 fevral kuni tushirilgan suratni chizgan. Suratda Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan navbatdagi o‘qqa tutilishi natijasida yaralangan va boshi bog‘langan, yuzida yaralar, qon izlari bo‘lgan xarkovlik Yelena Kurilo aks etgan. 

Portrait of Ukrainian teacher whose image shocked the world to sell for  £75,000

“Urushning birinchi yuzi: Ukraina o‘qituvchisining samimiy portreti, 2022 yil”, deb nom olgan san’at asari 100 ming AQSH dollariga sotilgan. Sotuvidan tushgan mablag‘ Ukraina Qizil Xoch jamiyatiga o‘tkaziladi. 

“Tinch aholi mojaro guvohi va boshqalarga qaraganda ko‘proq azob chekmoqda. Har qanday mojaroda janglarda faol ishtirok etmaydigan odamlarning azob-uqubatlarini ta’kidlash muhimdir. Bu tinch aholining azob-uqubatlarini ko‘rishga yordam beradi”, deydi Shvan o‘zi tushirgan suratga izoh berarkan. 

Rassom Gershman o‘z navbatida san’at kuchiga ishonishini aytdi.  

“Men haqiqatni tasvirlash kabi oddiy harakat dunyoni o‘zgartirishi mumkinligiga ishonaman. Men idealistman va bundan yaxshi narsa chiqishini bilardim”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

242

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing