Urush nafasi: Aliyev harbiy holat e’lon qildi

Olam

image

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan mamlakatda harbiy holat e’lon qilinadi. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining yordamchisi - Prezident ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi mudiri Hikmet Hojiyev ma’lum qilgan

Qayd etilishicha, mamlakat Konstitutsiyasining 109 va 111-moddalariga tayanib ertaga, 28 sentyabr soat 00:00 dan boshlab butun Ozarbayjon hududida harbiy holat e’lon qilinishi to‘g‘risida farmon qabul qilingan. 

Unga binoan, harbiy holat paytida Baku, Ganja, Sumgayit, Yovlax, Mingachevir, Naftalan shaharlarida, Absheron, Jabrayil, Fizuli, Beylagan, Og‘dam, Tertar, Goygol, Dashkasan, Gadabay, Tovuz, Shamkir, Gozax va Agstafa rayonlarida soat 21:00 dan 06:00 ga qadar komendantlik soati e’lon qilindi. 

Komendantlik soati paytida odamlarning shaxsiy guvohnoma va maxsus hujjatlarsiz ko‘chaga chiqishi taqiqlanadi. 

Avtotransport vositalari harakati uchun maxsus choralar ko‘riladi. 

Farmon tasdiqlash uchun Milliy Majlisga yuborilgan. 

Mazkur farmoni ko‘rib chiqish uchun Milliy Majlisga yuborildi. Ayni vaqtda farmon deputatlar muhokamasidan o‘tmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, mamlakat Konstitutsiyasiga binoan, mamlakatda harbiy holat "Ozarbayjon Respublikasi hududining ma’lum bir qismi haqiqatan ham ishg‘ol qilinganda,  chet davlat yoki chet davlatlardan Ozarbayjon Respublikasiga urush e’lon qilinganda, Ozarbayjon Respublikasiga qurolli  hujum qilish xavfi mavjud bo‘lganda, Ozarbayjon Respublikasi hududining bloklanishi, shuningdek haqiqiy xavf mavjud bo‘lganda” e’lon qilinadi.

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari bugun, 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

387

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing