Urush boshidan beri rossiyaliklar Ukrainada 500 ga yaqin kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazdi
Olam
−
17 may
67492022 yil fevralidan beri Ukrainaning bosib olingan hududlarida 892 ta qishloq xo‘jaligi kompaniyasi ro‘yxatga olingan. Ularning yarmidan ko‘pi Rossiya hududlaridan kelgan tadbirkorlar tomonidan ochilgan. Bu haqda “Vajniye istorii” xabar berdi.
“Bosib olingan hududlarga kelgan rossiyaliklar Ukraina donini eksport qilish uchun kompaniyalar ochmoqda”, deb yozadi nashr.
Kompaniyalarning orasida kamida bittasi chechenistonlik 43 yoshli Elbek Zaiyevga tegishli ekani aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, uning ukasi Ali Zaiyev Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga yaqin xavfsizlik xizmati xodimlaridan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari, “Yagona Rossiya” saytidagi eslatmalardan birida Ali Zaiyev Chechenistonning amaldagi rahbarining o‘ldirilgan otasi Axmat Qodirov nomidagi mintaqaviy jamg‘arma vakili sifatida tilga olingan.
Elbek Zaiyev “Agro 24” kompaniyasini 2024 yil fevral oyida ro‘yxatdan o‘tkazgan. Kompaniya Xerson viloyati, Askaniya-Nova qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, don ekinlarini yetishtirish, don ulgurji savdosi va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Zaiyev ishg‘ol qilingan hududlardan g‘alla sotishdan qancha daromad olganini aniqlash qiyin, chunki kompaniya hali moliyaviy hisobotlarni e’lon qilmagan va to‘lovlar ko‘pincha naqd pulda amalga oshiriladi.
LiveBarchasi