O‘rtasaroydagi karantin markazida qolayotgan 72 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 28 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 193 nafarga ortib, 21 699 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlari:

•    122 nafari Toshkent shahrida (ulardan 50 nafari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan  fuqarolar, 72 nafari esa Qozog‘istondan “G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali kelgan va O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan hamda namuna olingan fuqarolar orsida); 

•    32 nafari Toshkent viloyatida;

•    21 nafari Surxondaryo viloyatida;

•    18 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 185 nafar, Toshkent viloyatida 82 nafar, Andijon viloyatida 41 nafar, Buxoro viloyatida 17 nafar, Navoiy viloyatida ham 17 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar, jami 352 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, O‘zbekistonda 12 026 (+352) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 9 549 nafar bemorning davolanishi davom etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda O'rtasaroy

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing