MDH missiyasi O‘zbekistondagi saylov bo‘yicha asosiy e’tirozini ochiqladi
Jamiyat
−
25 Oktabr 2021
19389O‘zbekistonda Prezident saylovida kuzatuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar yaxshi, ammo saylov uchastkalarida ularga yetarlicha o‘rindiqlar ajratilmagan. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi kuzatuvchilar missiyasi raisi Sergey Lebedev saylov bo‘yicha dastlabki xulosalarini berib, shunday fikr bildirdi.
“Biz barcha saylov uchastkalarida prezidentlikka nomzodlar va saylovchilar haqida batafsil ma’lumotlar mavjud. Bundan tashqari, saylovchilar uchastkada adashib qolmasligi uchun barchasi tushunarli qilib ko‘rsatilgan”, dedi Sergey Lebedev.
U so‘zida davom etib, saylov jarayonida kuzatilgan kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tdi. Lebedevga ko‘ra, ba’zi texnik xarakterdagi kamchiliklar kuzatilgan.
“Saylovlarni kuzatish davomida, unga noto‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rilgan deyish mumkin. Aniq qilib aytganda, kuzatuvchilar uchun stullar noto‘g‘ri qo‘yilgan. Natijada ular saylov jarayonini to‘laligicha kuzatish imkoniga ega bo‘lmadi. Biz do‘stona tarzda Markaziy saylov komissiyasiga kuzatuvchilarga ko‘proq imkoniyat berish kerakligini aytdik”, deydi Lebedev.
MDH missiyasi raisining ta’kidlashicha, boshqa texnik kamchiliklar ham kuzatilgan. Ammo u aytgan jihatlar kamchilik ekaniga shubha bor. Masalan, “urna” tegishlicha qo‘yilmagan.
Shu bilan birga, u MDH kuzatuvchilar o‘z vazifasini bajarish uchun hech qanday to‘siqqa uchramaganini, barcha eshiklar ochiq bo‘lganini, barcha savollarga javob olishganini ma’lum qildi.
“Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi kuzatuvchilari missiyasi 2021 yil 24 oktabrdagi saylovlar bo‘yicha xulosa qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksi talablariga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshirildi, raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora bo‘ldi, shuningdek demokratik saylovlarning umumiy e’tirof etilgan tamoyillariga to‘la javob berdi”, dedi Sergey Lebedev.
Kuzatuvchi saylovga tayyorgarlik jarayonidagi ijobiy o‘zgarishlar to‘xtalib, ovoz berish uchun kelgan saylovchilarning ro‘yxatda nomining yo‘qligi muammosi hal etilganini ta’kidlab o‘tdi.
LiveBarchasi