Urgutlik ko‘zi ko‘kargan bolaga aslida nima bo‘lgan? Ombudsman izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bolaning otasi tomonidan kaltaklangani aytilayotgan video bo‘yicha Bolalar ombudsmani qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, Urgut tumani “Yuqori Qalangar” MFYdagi 2017 yilda tug‘ilgan bola yuz-ko‘zidagi jarohati tufayli joriy yil 30 oktyabr kuni Urgut tuman markaziy shifoxonasiga otasi tomonidan olib kelingan va ushbu holat yuzasidan Urgut tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

So‘ngra ushbu holat yuzasidan 3 noyabr kuni sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Unga ko‘ra, bolaga o‘tmas qattiq jismlar bilan jarohat yetkazilgan. Ammo tergovga qadar tekshiruv natijasida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rad etilgan.

Faqatgina 12 dekabrga kelib, ushbu qaror Bolalar ombudsmani va Bosh prokuratura nazoratiga olinganidan so‘ng bekor qilindi va qo‘shimcha tekshiruv harakatlari olib borish uchun tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborildi. Qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv davomida psixolog bola bilan suhbat o‘tkazdi va holat aniqlashtirildi.

Ombudsmanning bildirishicha, bola 29 oktyabr kuni otasining uyi yaqinidagi savdo do‘koni oldida yugurib, asfalt qoplamasiga yiqilgan, burni qonab, yuzi shilingan. Voqeaga guvoh bo‘lgan do‘kon sotuvchisi bolaning haqiqatdan ham chorva mollarining orqasidan chopishi oqibatida yuzi bilan yerga yiqilganini tasdiqlagan.

Shuningdek, Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan nazoratni davom ettirishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kichik yoshdagi bolaning bog‘chaga yuzi va ko‘zlari jarohatlangan holda kelgani va uni otasi kaltaklagani haqida xabarlar tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ombudsman Urgut bola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing