Urgutda o‘qituvchi o‘quvchini urdi

Jamiyat

image

Eti sizniki, suyagi bizniki, degan gaplar unitilib ketganiga ancha bo‘lgan. Shu bois o‘qituvchilarning o‘quvchilarni urishi, koyishi bilan bog‘liq videolar o‘quv yilidan boshlanmay turib yana muhokama maydoniga chiqmoqda. Navbatdagi holat Samarqand viloyati, Urgut tumanida sodir bo‘ldi. 

Urgut tumanidagi 27-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi J.M hamda shu maktabning matematika fani o‘qituvchisi Z.A. o‘rtasidagi hodisa bo‘yicha Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qidi:

Mazkur holat joriy yilning 13 sentyabr kuni soat 16:25lar atrofida, 7-“V” sinfida matematika darsi vaqtida sodir etilgan.

O‘quvchi J.M. darsga e’tibor qaratmay, sinfdoshlari bilan sho‘xlik qilgan hamda o‘qituvchiga gap qaytargan.

Matematika fani o‘qituvchisi Z.A. o‘quvchi J.M.ni o‘qituvchilar xonasiga olib borish vaqtida o‘quvchi qiz o‘qituvchiga gap qaytargan. O‘qituvchi jahl ustida o‘quvchini urgan.

Bundan tashqari, ushbu maktabning matematika fani o‘qituvchisi M.O. yo‘lakdagi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi nizoga aralashmasdan loqaydlik qilgan.

Mazkur holat bo‘yicha, ikkala o‘qituvchiga nisbatan surishtiruv ishlari olib borilib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida chora ko‘rilishi qayd etilmoqda. 

Shu bilan birga, maktab rahbariyati pedagoglar bilan yig‘ilish o‘tkazadi va bunday holat takrorlanmasligi uchun tushuntirish ishlarini olib boradi.

Darsga e’tiborli bo‘lmagani va dars jarayoniga xalaqit bergani, o‘qituvchiga gap qaytargani uchun o‘quvchi J.M.ga chora ko‘rish maqsadida, mazkur holat Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'qituvchi

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing