Urgutda ona va uning ikki bolasi zaharlanib o‘lgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Urgutda ayol va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi is gazidan vafot etganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Joriy yilning 28 oktyabridan 29 oktyabriga o‘tar kechasi Samarqand viloyati Urgut tumanida ayol va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi is gazidan zaharlanib, vafot etgandi.

29 oktyabr kuni 38 yoshli kelini N. Ochilova va 3 nafar nabirasining holidan xabar olish maqsadida kelgan T. Xalimova ularning uyda hushsiz holda yotganini ko‘rgan. Shundan so‘ng, qo‘shnisining mashinasida kelini va nabiralarini “Mo‘minobod” QVPga olib borgan. 

Shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan ko‘rikka ko‘ra, T. Xalimovaning kelini va 2 nafar voyaga yetmagan nabiralari (11 yoshli qiz va 5 yoshli o‘g‘il nabirasi) “noma’lum etiologik zaharlanish”dan zaharlanib vafot etgan. 1 nafar voyaga yetmagan (9 yoshli o‘g‘il) nabirasi og‘ir ahvolda tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Zaharlanishdan omon qolgan 9 yashar bolaning ahvoli haqida hozirgacha hech qanday ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Urgut

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing