Urgutda FHDYO mudirasi jinoyat ustida qo‘lga olindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda firibgarlik, tovlamachilik hamda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish dolzarbligini yo‘qotmaydigan masalalar sirasiga kiradi. 
Chunonchi, bu kabi jinoyatlarni sodir etayotganlar haqida qancha ko‘p gapirilmasin, jamoatchilik xabardor qilinmasin, hech narsadan tap tortmay jinoyat qilishda davom etayotganlar hamon oramizda bor. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urgut tumani FHDYO bo‘limi mudiri M.U. fuqarolar A.R. va M.F.ning nikohini bekor qilib, ajrashganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 1,2 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan M.U.ga nisbatan JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Urgutda FHDYo mudirasi

Baholaganlar

126

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing