Urgutda 5 yashar bola YTH qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
19 avgust 2020 6722 1 daqiqa
Joriy yilning 17 avgust kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi 5 yashar bolaning umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
YTH soat taxminan 16:00larda Urgut tumani “Ipakli” mahallasining ichki yo‘lida sodir bo‘lgan. Urgut tumani A’loxotin mahallasida yashovchi 1991 y.t. M.A. o‘zining “Moskvich-412” rusumli avtomashinasini “Ipakli-Jozmon” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelib, velosipedda yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tayotgan 2015 y.t. Z.Sh.ni urib yuborgan.
5 yashar bolakay olgan tan jarohatlari oqibatida Urgut tuman Tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Mazkur holat bo‘yicha tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr