Urgutda 25,5 ming dollarga “qora dori” sotayotgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Urgut tumanida 1 kg “opiy” giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda bugun, 13 mart kuni QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urgut tumanida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro B.X., 1995 yilda tug‘ilgan M.J. hamda 1988 yilda tug‘ilgan Y.F.lar giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, Urgut tumani “Jarqishloq” mahallasi hududida 1 kg “opiy”ni mahalliy fuqaroga 25 ming 500 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilgan.  Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 11 mart kuni Qo‘qonda psixotrop dori sotayotgan er-xotin qo‘lga tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand giyohvandlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing