Urganchlik “tadbirkor” fosh bo‘ldi

Jamiyat

image

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Milliy Gvardiya va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Urganch shahrida noqonuniy ravishda yashirin sex tashkil qilib, sifatsiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida fuqaro K.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida  belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada, ushbu xonadon qo‘lbola usulda spirtli ichimliklar tayyorlanadigan yashirin sex sifatida faoliyat ko‘rsatayotganligi oshkor bo‘ldi.

Xonadonda qo‘lbola usulda tayyorlangan va aksiz marka bilan qadoqlanmagan jami 630 shisha aroq, 135 shisha konyak hamda 12000 dona aroq mahsulotlari yorliqlari, 322 dona vino ichimligi yorliqlari, 784 dona aroq mahsuloti shisha idishiga yopishtiriladigan plyonkalar, 28 dona bo‘sh shisha, 540 dona aroq mahsuloti shisha idishining qopqog‘i hamda aroq mahsulotini plyonka bilan o‘raydigan uskuna, 18 rulon qo‘lbola yasalgan mahsulotlarni o‘rashda ishlatiladigan plyonkalar borligi aniqlandi.

Tadbir davomida jami 314 litr aroq spirtli ichimligi, 67,5 litr konyak spirtli ichimligi va boshqa alkogol mahsulotlarini tayyorlash uchun anjomlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

tsex yashirin

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing