Urganchga uchgan samolyot favqulodda Samaraga qo‘ndirildi
Olam
−
04 noyabr 2019
5627Bugun, 4 noyabr kuni Sankt-Peterburgdan Urganchga uchgan samolyot favqulodda Samaraga qo‘ndi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. Samolyotning favqulodda qo‘ndirilishiga yo‘lovchilardan birining salomatligi yomonlashgani sabab bo‘lgan.
Kurumoch xalqaro aeroportida Sankt-Peterburg-Urganch 638 reysini amalga oshirayotgan samolyot majburan qo‘nishni amalga oshirdi, deyiladi xabarda.
Samaraga qo‘nishni amalga oshirgan samolyotni renomobil va shifokorlar guruhi kutib olgan. Yo‘lovchiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan va u zudlik bilan shahardagi shifoxonalarning biriga yotqizilgan.
Moskva vaqti bilan soat 14:20 da samolyot belgilangan manzil sari yo‘lga chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Ural Airlines” aviakopmaniyasining Moskva-Dushanbe yo‘nalishi bo‘ylab parvozga chiqqan A320 samolyoti manzilga yetib bormay, favqulodda Toshkentga qo‘ngandi.