“Urdiyu surdi”. Samarqandda bolani urib yuborgan Nexia haydovchisi qochib ketdi

Jamiyat

image

Samarqand shahrida Nexia haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborib, qochib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat 17 aprel kuni soat 08:10 larda Samarqand shahar Firdavsiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Mazkur ko‘chadagi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgan Nexia haydovchisi jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatmasdan turib voqea joyidan qochib ketgan.

Qayd etilishicha, bola mazkur hududda joylashgan maktabning 5-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. U zudlik bilan maktab o‘qituvchilari tomonidan tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.

Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu YTH sodir etgan haydovchi topildi. Unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilgan va mashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH Samarqand IIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing