G‘azoda tibbiy vaziyat yanada og‘irlashishi kutilmoqda

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) endi G‘azo sektoridagi aholiga yordam ko‘rsatmayapti. Chunki ular G‘azoni tark etdi. Bu haqda G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Al Arabiya” telekanali xabar berdi.

"UNRWA va JSST endi G‘azo sektorida xizmat ko‘rsatmaydi. BMT agentliklari Isroilga bo‘ysunib, G‘azo sektorini tark etdi", degan anklav Sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari Munir al-Gabash.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning G‘azoga bergan zarbalari qurbonlari soni 12 mingga yetgan, yana 30 mingga yaqin kishi yaralangan. Munir al-Gabashning ta’kidlashicha, ular orasida G‘azo shahridagi “Al-Shifa” shifoxonasida vafot etganlar (kamida 170 kishi) ham bor.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant HAMAS G‘azo ustidan nazoratni yo‘qotganini da’vo qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST G'azo UNRWA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing