“Uning keng qalbi bor”. “Arqadag‘” Putinga ta’rif berdi

Olam

image
“Mustaqillik — baxtimiz”. “Arqadag‘” yangi kitob yozdi  north_east

“Mustaqillik — baxtimiz”. “Arqadag‘” yangi kitob yozdi 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin oddiy xarakterga ega inson. Bu haqda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov TASS axborot agentligiga bergan intervyusida so‘z ochgan.   

Turkmaniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Prezidenti bilan “o‘ta ishonchli, ochiq, do‘stona, juda mazmunli”  tarzda muloqot qurish mumkin. 

“Putinning oddiy fe’l-atvori va keng qalbi bor. U bilan gaplashish har doim yoqimli”, degan Berdimuhamedov. 

Shuningdek, Turkmaniston rahbari Rossiya Prezidenti bilan 2002 yilda, o‘zi Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lgan paytida tanishganini aytgan. 

“Turkmaniston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar ikki strategik sheriklar munosabatlaridir. Bu xususiyat turkman-rus hamkorligi har tomonlama, uzoq muddatli, tashqi kon’yunkturaga bog‘liq emasligini ko‘rsatadi”, degan Berdimuhamedov.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Berdimuhammedov

Baholaganlar

202

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing