“Mustaqillik — baxtimiz”. “Arqadag‘” yangi kitob yozdi 

Olam

image

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Turkmanistonda Prezident Gurbanguli Berdimuhammedovning “Mustaqillik — baxtimiz” nomli yangi kitobining taqdimoti boshlandi. Bu haqda TDH davlat axborot agentligi xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, kitob Turkmaniston jamoat tashkilotlari markazida namoyish etilgan. Qayd etilishicha, Milliy Kengash Majlisi va Xalq Maslaxati rahbarlari hamda vakillari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari ishtirokidagi marosim tantanali muhitda o‘tgan. 

Mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, taqdimot Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro aloqalar institutida ham bo‘lib o‘tgan. 

Tadbirda vazirlik va idoralar vakillari, ilmiy ziyolilar, o‘qituvchi va talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan. 

Ta’kidlanishicha, kitobda mustaqillik yillarida Turkmaniston erishgan keng ko‘lamli muvaffaqiyatlar mujassam. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 25 sentyabr kuni o‘tkazilgan Xalq maslahati yig‘ilishida Prezident Gurbanguli Berdimuhammedov ishtirokchilarga “Garaşsyzlyk – bagtymyz” (“Mustaqillik — baxtimiz”) kitobi ustida ish tugagani haqida xabar bergan. Davlat rahbari boshqa kitoblarida, jumladan, 2016 yildagi “Turkmaniston” yoki 2014 yildagi “Mustaqil, doimiy neytral Turkmaniston”da ham Turkmaniston mustaqilligi mavzusini yoritgan.

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ochilgan Gurbanguli Berdimuhammedov asarlarining elektron kutubxonasida 60 dan ortiq kitoblar bor, ularning aksariyati chet tillariga tarjima qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

kitob Berdimuhammedov

Baholaganlar

52

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing