UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
20 avgust 2020
3469UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi. Ushbu lavozimni ozarbayjonlik Munir Mamedzade egallagan.
U so‘nggi uch yil davomida u UNICEF’ning Qirg‘izistondagi vakili o‘rinbosari sifatida ishlagan, UNICEF dasturlarini boshqarish, mazkur tashilotdagi hamda BMT tizimidagi tarmoqlararo hamkorlikni muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul bo‘lib, dasturlarni boshqarish guruhining raisi vazifasini bajargan. U UNICEF’ning Ozarbayjon, Moldova, Nepaldagi vakolatxonalarida, shuningdek Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasida ishlagan.
UNICEF’dagi mehnat faoliyatidan avval Munir Mamedzade turli sohalarda bir qator lavozimlarda, xususan yoshlar masalalari bo‘yicha yirik nodavlat tashkilotining ijrochi direktori, Ozarbayjonda Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman idorasining xalqaro bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. U inson huquqlari, bolalar huquqlari, yoshlar va rivojlanish sohalarida 20 yillik rahbarlik tajribasiga ega.
Munir Mamedzade Moskva Davlat Ochiq Universitetini iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U Shveysariyaning Friburg Universitetida ta’lim olib, bolalar huquqlari sohasidagi ilg‘or dastur bo‘yicha magistr darajasiga ega bo‘lgan.
Munir Mamedzade Ozarbayjon fuqarosi. Ingliz, rus va turk tillarini yaxshi biladi. Oilali, 11 yoshli o‘g‘li bor.
LiveBarchasi