UNICEF'ning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
16 may
3965Rehina Mariya Kastijio Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi. Bu haqda vakolatxona matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu lavozimga tayinlanishdan avval Kastijio UNICEF'ning Xorvatiya va Paragvaydagi vakolatxonasi rahbari lavozimlarida ishlagan. 2016 yilda UNICEF'da mehnat faoliyatini boshlashdan oldin Kastijio Boliviya, Ekvador va Perudagi UNAIDS direktori, Shveysariyada UNAIDS xususiy sektor bilan hamkorlk bo‘limi rahbari va BMT Bosh kotibi Kofi Annan Ijroiya apparatida Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha mas’ul xodimi bo‘lgan.
Kastijio AQSHning Vashington shtatidagi G‘arbiy Vashington universitetida iqtisod va xalqaro munosabatlar bo‘yicha tahsil olgan, AQSHning Indiana shtatidagi Notr-Dam universitetida davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. Rehina Mariya Kastijio ispan, ingliz va fransuz tillarida ravon gaplasha oladi. Oilali, ikki farzandi bor.
LiveBarchasi