UNESCO O‘zbekiston aholisining qanchasi savodli ekanini ma’lum qildi
Jamiyat
−
14 Sentabr 2021
13102Joriy yilda O‘zbekistonda savodxonlik darajasi 99,99 foizga yetdi. Bu haqda UNESCO ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat hukumati maktabgacha ta’lim muassasalari sonini to‘rt barobar ko‘paytirishga erishdi. Aholi sonining tez o‘sishiga qaramay, maktabgacha ta’lim va parvarish bilan qamrab olinish darajasi 2017 yildagi 24 foizdan 2021 yilda 62 foizga yetdi.
UNESCO tavsiyasiga binoan, O‘zbekiston hukumati so‘nggi uch yilda oliy ta’lim muassasalari sonini ikki barobar oshirish va 2021 yilga kelib oliy ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichini 28 foizgacha yetkazish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rdi. Bu raqamni 2030 yilgacha 60 foizgacha oshirish rejalashtirilgan.
Mamlakatda maktablarning yangi modeli — istiqbolli jahon tajribasidan olingan STEAM o‘quv dasturiga ega prezidentlik, ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilgan.
Tashkilot 2020 yilda COVID-19 pandemiyasining maktab tizimiga salbiy ta’siriga qaramay, matematikadan 56 ta, kimyo va biologiyadan 28 ta, informatika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha 14 ta shunday maktablar tashkil etilganiga e’tibor qaratgan.
LiveBarchasi