UNESCO o‘zbek allomasi tavalludining 1050 yilligini nishonlashga bosh-qosh bo‘ladi

Jamiyat 3153
image

UNESCO Ijroiya Kengashining 211-sessiyasida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) tavalludining 1050 yilligi UNESCO shafeligida 2022-2023 yillarda keng nishonlanishi bo‘yicha qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, UNESCO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi raisi Aziz Abduhakimovni ta’kidlashicha mazkur yubiley sanasini tashkilot rahnamoligida nishonlash tashabbusi rasmiy Toshkent tomonidan ishlab chiqilgan va Bosh qarorgohga taqdim etilgan nomzodlik hujjati Eron Islom Respublikasi, Tojikiston va Turkiya kabi davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Shuningdek ushbu qaror joriy yil noyabr oyida Parijda bo‘lib o‘tadigan UNESCO Bosh anjumanining 41-sessiyasida tasdiqlanishi kutilmoqda.

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy o‘rta asr qomusiy bilimlar donishmandi, astronomiya, matematika, falsafa, jo‘g‘rofiya, etnografiya, antropologiya, geologiya, tarix, botanika, farmakologiya fanlarining olimi va insorparvar shaxs bo‘lgan.

Beruniy 973 yilning 4 sentyabrida Xorazmning qadimiy poytaxti Kat shahri (hozirgi Qoraqalpog‘istondagi Beruniy shahri) yaqinida tavallud topgan. Olim matematika va astronomiya kabi fanlarning rivojlanishiga, shu jumladan, sayyoralar joylashuvini hisoblab chiqishni osonlashtirish uchun astronomik parametrlarning nazariy hosilasi va jadval funksiyalarni ishlab chiqishga katta hissa qo‘shgan.

Beruniy 150 ga yaqin asarni yaratib, o‘z davridagi aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlarning deyarli barcha sohalariga taalluqli katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniy asarlari ko‘plab tillarga tarjima qilingan va shu kungacha ham o‘z dolzarbligini saqlab qolgan.

Ta’kidlanishicha, turli xil taqvim tizimlarini, hukmdorlar tarixini, qahramonlarni, siyosiy voqealarni, madaniyatni, urf-odatlarni va axloq mavzularini o‘zaro bog‘liqligini o‘rganib chiqqan tarixchi sifatida mashhur bo‘lgan Beruniyning ishlari, shuningdek, turli madaniyatlarni yaxshiroq tushunish va umumiy intellektual yutuqlarni baholashni shakllantirishga yordam beradi.

Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonda Beruniy tavalludiga bag‘ishlangan qator tadbirlar o‘tkaziladi. Bundan tashqari, Beruniy yubiley sanasi Eron, Tojikiston va Turkiya davlatlarida ham keng nishonlanishi hamda  hamkolikda tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 50
Reyting: 3.1
t
×