UNESCO Qorabog‘ga tarixiy merosni himoya qilish bo‘yicha missiyasini yuboradi
Olam
−
20 noyabr 2020
3177UNESCO Armaniston va Ozarbayjonga mojaro tugaganidan keyin Tog‘li Qorabog‘ning tarixiy merosini saqlashda yordam berishga tayyor va u yerga bir guruh mutaxassislarni yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xalqaro tashkilot bosh direktori Odre Azulening bugun, 20 noyabr e’lon qilingan bayonotida aytilgan.
“Armaniston va Ozarbayjon vakillari bilan uchrashuvlar davomida Bosh direktor ushbu hududlarga hamon tashrif buyurolmagan vakillarga rasmiy ravishda UNESCO tomonidan texnik yordam ko‘rsatishni taklif qilgan. Ular barcha manfaatdor tomonlarning roziligi bilan mintaqa merosini yanada yaxshiroq himoya qilish uchun eng muhim madaniy boyliklarning dastlabki ro‘yxatini tuzish uchun dala missiyasini o‘tkazishlari mumkin. UNESCO barcha manfaatdor tomonlar bilan birgalikda bunday missiyani amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Minsk guruhiga hamraislik qiluvchi davlatlar bilan yuqori darajadagi maslahatlashuvlar boshlandi”, deyiladi bayonotda.
Xalqaro tashkilot rahbari Ozarbayjon va Armaniston vakillari bilan uchrashuvlar joriy yilning 18 noyabrda bo‘lib o‘tganini ta’kidlagan. Azule ularga "xalqlarning o‘ziga xos xususiyatidan ajralmas" madaniy merosning universal xarakterini eslatgan. "Jahon hamjamiyati uni kelajak avlodlar uchun himoya qilishi va asrab-avaylashi kerak", deydi Azule BMT Xavfsizlik Kengashining "harbiy mojarolar paytida madaniy boyliklarni yo‘q qilish va talon-taroj qilishdan" ogohlantirishga oid rezolyutsiyasini eslab.
UNESCO Bosh direktori, shuningdek, birinchi marta 9 oktyabrda "ushbu mintaqaning merosini himoya qilish" va tarixiy joylarda "har qanday qo‘shimcha zararning oldini olish" zarurligiga chaqirgan.
LiveBarchasi