Umurzoqovga yordamchi tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 23 iyul kuni Sunnatilla Bekenov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining yordamchisi lavozimiga tayinlandi.

Sunnatulla Bekenov 1971 yilda Qozog‘istonning Chimkent shahrida tug‘ilgan.

U 2005 yilgacha “O‘zbekiston Qimmatli qog‘ozlar depozitariysi” davlat korxonasi bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan. 2005-2007 yillarda O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahliliy departamenti boshlig‘i, 2008-2009 yillarda Vazirlar Mahkamasi ijro apparati rahbari, 2009-2010 yillarda Iqtisodiyot vaziri sifatida ishlagan.

2010-2015 yillarda Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi sifatida ham faoliyat ko‘rsaigan. 2015 yildan 2016 yilning dekabrigacha Tashkiliy-kadrlar masalasi bo‘yicha Prezident davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2016 yilning dekabrida Botir Xo‘jayev o‘rniga Iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

U 2018 yilning fevralida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va 2019 yilning yanvarida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri [o‘sha vaqtdagi vazir Sardor Umurzoqov]ning birinchi o‘rinbosar etib tayinlangan.

2019 yilning sentyabridan 2020 yilning dekabriga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 iyul kuni Sardor Umurzoqov Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Administratsiyasi Sardor Umurzoqov Sunnatilla Bekenov

Baholaganlar

364

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing