Umurzoqov Turkmanistondan qo‘yni-qo‘njini to‘ldirib qaytdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqovning Turkmanistonga tashrifi davomida O‘zbekistonga qo‘shimcha 20 mln kub metr gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. 

Avval xabar berganimizdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov kecha, 12 dekabr kuni Ashxobodga borib, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammedov bilan uchrashdi.

Umurzoqov safar chog‘ida O‘zbekistonga qo‘shimcha ravishda kuniga 20 mln kub metr gaz (3 oyda jami 1,5 mlrd kub metr) berish bo‘yicha kelishuvga erishgan va tomonlar o‘rtasida shartnoma imzolangan.

Agar bu loyiha amalga oshadigan bo‘lsa, O‘zbekistonda qish kunlarida yuzaga kelgan gaz muammosi to‘liq hal qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Sardor Umurzoqov

Baholaganlar

1666

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing